Ko'chmanchi
«Xumorga o‘xshagan o‘zbekni suluvi topilar edi shu yerdan ham, uka…»
1959-yil. 20 yoshda edim. Ota-onam dunyodan erta ko‘z yumdi. Oilada 5 farzand bo‘lib, mendan keyin bir ukam bor edi. Men turmushga chiqtim. Erim boy insonlarni qo‘lida cho‘pon bo‘lib ishlar edi. Ularni qo‘ylarini boqib berardi. Tog‘-adirlarda qishda sovuqda erimga sherik bo‘la oladigon yordamchi kerakligi uchun hali ikki so‘zni ulab o‘qishni ham o‘rganmagan ukamni unga sherik qilib berdim va muammo bo‘lmasligi uchun uni o‘z kafilligimga, ya’ni erimning familyasiga o‘tkazib olgan edim.
Erim va ukam 10 yildan ko‘p muddat birga tog‘-adirlarda cho‘ponlik qilishdii. Ota-boladek edi ular. Ukam bo‘ylari yetishib, juda bir ko‘rkam yigit bo‘ldi, xuddi dadamning o‘zi edi.
Yurtimizdegi, ya’ni Qirgizistondagi qoylarni Ozbekiston toglariga oborb, 3-4 oylar boqib qaytib kelishar edi. Ukam ulg‘aygandan so‘ng Jo‘ja (shaharda tanilgan eski boylardan) laqabli, asl ismi Ibrohim bo‘lgan bir o‘zbek qo‘lida cho’ponlik qila boshladi. U insonning sakkista xotini bo‘lib, dastlabki yettitasini hech qaysisidan farzandli bo‘la olmagan va Minavar ismli bokira bir qizni 8-ayoli qilib nikohlab olgan edi. Alloh Jo‘jaxonga Minavar orqali bir emas, naqt 8 ta farzand berdi.
Oldingi zamonda qo‘ychilar qo‘y egasi bilan bir tom ostida yashagandek, ukam ham Jo‘jaxonning uyida xizmat qilib yurib uni to‘ng‘ich qizi bilan bir-biriga ko‘ngil qo‘yishgan ekan. Birinchi martda uni, ya’ni qizni ukam o‘girlab olib kelganda ko‘rgandim: Xumor ismli ko‘hlikkina, endi 17-18 yoshli qiz ekanini bilib, «Jo‘jaxon bizni o‘ldiradi, uka, tezda olib qochgan uyingga qaytargin bu qizni!» deb dod-voy qilgandim.
Axir bu qizni otasi odamlarni kerak bo‘lsa qo‘yday so‘yib, mana shu inson jonini narxi deb jasadni ustidan pul sochib ketib yuborgan voqealarini erimdan eshitib, ukamni bu beboshligi uni yosh umriga xazon bo‘lishidan qorqar edim.
Qizni ota-onasi ko‘p o‘tmay uni bizni uydan olib ketti. Ukam bo‘lsa, nima bo‘lsa ham shu qizga uylanaman deb, bir yil davomida men va akamni har hafta sovchilikka yuborib, hech ahdidan qaytmadi. Jo‘jaxon, qizni otasi, boshida bizni rossa mehmon qilib, oxirida mast holatda: «Senlarga beradigon qizim yoq!» deb uyidan xaydab chiqarar edi.
Bu fe’l-atvori bilan bu inson aslo qizini ukamga bermasligini, Xumorga o‘xshagan o‘zbekni suluvi shu yerdan ham topilishini ukamga aytib, uni ko‘nglini u qizdan sovutishga ko‘p urindim. Ukamning ahdida jiddiyligi va qizning ham ukamda ko‘ngli borligi tufayli, axiri taqdir ularni hayot yo‘llarini birlashtirdi. Jo‘jaxonda rozilik berishdan boshqa iloj qolmadi.
To‘y kuni ham keldi. Uzun uyda butun qarindoshlar bilan kelinni olib ketgani kelib o‘tirgan edik. Oldimda ukamni o‘z dadasidek bo‘lib qolgan erim o‘tirardi. Kutilmaganda Jo‘jaxon keldida, qo‘li bilan meni ko‘rsatib, hammaning oldida:
— Mana shu ayol men bilan qolsagina qizimni olib ketasiz, — deb qoldi.
Jonim chiqib keta yozdi. Erimga meni bu yerdan tezroq olib ketishini aytib yolvordim, u bolsa juda xotirjam va Jo‘jaxondan qo‘rqanidan miq eta olmadi. Inson qo‘lidagi mol dunyo tufayli xattoki or-nomusu din-diyonatini ham unutib yuborishiga Jo‘jaxon yaqqol misol bo‘la olardi.
Qizni olib ketadigon vaqt keldi. Uning dadasini fe’lini bilgan do‘stlari bizga yordam bo‘lishi va meni nomusimni saqlab qolishim uchum, Jo‘jaxonni mast holatga keltirib uxlatib qo‘ygan edi. Fursatdan foydalanib esa biz qizni o‘z uyimizga olib ketgan edik.
Mana bugun, 13.07.2026, ukamning janozasidaman. Ukam 76 yoshda, kindik qoni to‘kilib tug‘ilgan yurtida emas, sevgisi orqali butun umr ko‘chmanchi bo‘lib yashagan makonida tuproqqa qo‘yildi.
O‘z yoriga yetish va oila qurish maqsadida, o‘zi tug‘ilgan maskanni, birga ulg‘aygan do‘st-u yorni tashlab, xatto qariganda to‘rtda cholga qo‘shilib choyxonada ulfatlashmagan ukam o‘z sevgisining shiringina tovonini to‘lab yashaganini men yaxshiroq bilardim axir.